Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda endilikda pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovoragarchiliksiz to‘xtatib turish imkoni yaratildi, deb xabar berilmoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Ma’lum qilinishicha, my.gov.uz portalida “Pensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi. Ushbu xizmat quyidagi hollarda kerak bo‘lishi mumkin:

  • Sizga vaqtinchalik pensiya yoki nafaqa kerak bo‘lmasa va ularni olishni ma’lum muddatga to‘xtatib turish zarurati yuzaga kelganida.
  • Mamlakat tashqarisida bo‘lganingiz uchun ma’lum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa to‘lovlarini ololmasangiz.
  • To‘lovlarni vaqtinchalik to‘xtatib turishni talab qiladigan o‘zgarishlar yuz bersa.

Mazkur xizmatni olish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi. Xizmat ariza topshirilgandan keyin avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »