Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakatning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushdan ko‘zlangan maqsadi nimaligini aytdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Foto: Getty Images

Baydenning taʼkidlashicha, Amerika rahbariyati Rossiyaga qarshi urushda Ukraina g‘alaba qozonishini xohlaydi. Shu bilan birga, u jurnalistlarga Oq uy “g‘alaba” so‘ziga qanday ma’no yuklashini aytdi.

“Avval aytganimdek, g‘alaba Ukraina mustaqil davlat ekanligini va u bugun o‘zini himoya qilishga, keyingi tajovuzlarning oldini olishga qodirligini anglatadi. Maqsadimiz shu”, — dedi AQSH prezidenti.

12-dekabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik hamkasbi bilan ikki tomonlama muzokaralarda ishtirok etish uchun Oq uyga keldi. Uchrashuvda Bayden xorijiy davlat rahbariga Kiyevga 200 million dollar miqdorida yangi yordam paketi ajratishni ma’qullagani haqida ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Bayden mamlakat parlamentini Rojdestvo bayramlari boshlanishidan oldin Ukraina hukumatini moliyalashtirishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga chaqirdi. AQSH Kongressining yuqori va quyi palatalari 15-dekabrdan boshlab uch haftalik Yangi yil ta’tiliga chiqishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »