Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatida ijtimoiy tarmoq faoli Emine-Lemara Mirzaahmedova hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Emine-Lemara Mirzaahmedova 7,6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Foto: Facebook

Oliy sudning xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining 2023-yil 12-oktyabrdagi hukmiga muvofiq Lemara Mirzaahmedova (1976-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, oilali, 2 nafar farzandi bor, bloger, muqaddam sudlanmagan) Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 463-moddasi (ayblov hukmi chiqarish asoslari) 3-qismi 2-bandiga asosan javobgarlikdan ozod qilindi. Shuningdek, Mirzaahmedova Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari, 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanib, 59- (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash), 61- (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mirzaahmedova va uning himoyachilari tomonidan appelyatsiya tartibida berilgan shikoyatlar ko‘rib chiqilib, Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati appelyatsiya instansiyasining 2023-yil 13-dekabrdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz va shikoyatlar qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »