Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning suvchilarga 4 million so‘mdan mukofot pullari bergani aks etgan video tarqalgach, ko‘pchilikning e’tirofi, e’tirozi va muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar pul manbasi bilan ham qiziqdi. “Daryo” jurnalisti Shuhrat Abdurahmonovning matbuot kotibi Muslimbek Ibrohimov bilan bog‘lanib, mukofot pullarining manbasiga aniqlik kiritdi.

Bu pullar ishchilarning maoshidan tashqari, qo‘shimcha mukofot pullari bo‘lib, homiylik mablag‘lari hisoblanadi. Shu sabab bundan nafaqat ishchilar, o‘sha yerda turganlarning barchasi xursand bo‘lib ketdi. Viloyat hokimi ishchilarning sovuqda ishlayotganini ko‘rib, ularni rag‘batlantirdi. Ularning maoshi qo‘shimcha tarzda plastik kartochkasiga tushaveradi, bu pullar oylik maoshidan ushlab qolinmaydi, — deydi viloyat hokimining matbuot kotibi Muslimbek Ibrohimov. 
Foto: Videodan kadr

Mas’ulning bildirishicha, Shuhrat Abdurahmonov suvchilarni mukofotlashdan tashqari, ularning ishiga kerak bo‘luvchi texnikalari va maxsus kiyim-kechaklarini yaxshilash bo‘yicha ham rahbarlarga topshiriq bergan. 

Foto: Videodan kadr
Viloyat hokimi o‘sha yerning o‘zida ishchilarning kiyim-kechagi, ish qurollarini yangilash va ularning moliyaviy manbasi haqida aytib, rahbarlarga topshiriq berdi. Shuningdek, suvchilarga Yangi yil bayrami oldidan qo‘shimcha e’tibor bo‘lishini, yordam berilishini aytdi, — deydi Abdurahmonovning matbuot kotibi. 
Foto: Videodan kadr

Aniqlanishicha, Shuhrat Abdurahmonov ko‘chada ishlayotgan suvchilarni ko‘rgach, 64 million so‘m naqd pulni olib, 16 nafar suvchiga 4 million so‘mdan tarqatib bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »