Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Zamonaviy geomagnit bo‘roni prognoz modellari 16—17-dekabr kunlari Yerda 5 ballik geomagnit bo‘ronlari bo‘lishini prognoz qilmoqda. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov maʼlum qildi.

Erkin Abdulahatov
Foto: “Daryo” 

Olimning aytishicha, Toshkent vaqti bilan 15-dekabr kuni soat 12:45 da ham Quyoshning 3514 faol zonasida (quyosh dog‘i) navbatdagi kuchli chaqnash ro‘y bergan.

Quyosh 2024—2025-yillar uchun eng faol chaqnashlar kuzatiladigan 11-yillik siklik davrga kirib bormoqda.

Quyoshning 3514 zonasidagi kecha va bugungi kuchli chaqnashlar Yerga to‘g‘ridan to‘g‘ri kuchli taʼsir ko‘rsatmaydi.

Mutaxassislar bu hozirda Yer va Quyoshning astronomik joylashuvi sabab shu kabi xulosaga kelishgan.

Ammo, baribir portlashdan ajralgan plazmaning shamollari Yerga biroz taʼsir etishi va 16-dekabr kuni kechga borib, sayyorada geomagnit qo‘zg‘alishlar bo‘lishi prognoz qilinmoqda, – deydi Erkin Abdulahatov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir quyosh aktivlik fazasiga kirib bormoqda.

“Quyoshning sokinlik davrida 3-4 oyda bir marta geomagnit bo‘ronlari (4 balldan yuqori) kuzatiladigan bo‘lsa, uning aktivlik davrida oy davomida 3-4, baʼzan 5-6 marta geomagnit qo‘zg‘alishlari ro‘y beradi.

Bizni oldinda ikki yillik shu kabi faol geomagnit qo‘zg‘alishlar davri kutib turibdi”, – dedi iqlimshunos.

Oliy toifali shifokor Raʼno Nosirovaga ko‘ra, Yerning magnit maydoni taʼsiri odatda insonlarga sezilmaydi. Biroq baʼzan ushbu maydonda ayrim odamlar his etishi mumkin bo‘lgan tebranishlar kuzatiladi. Buning asosiy sababchisi Quyoshdir.

Yaʼni odatda uning faolligi kuzatilganda sayyorani magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bu esa surunkali xastaliklarga chalingan insonlar salomatligiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Ayniqsa, yurak-qon tomir, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘riyotgan bemorlar bu o‘zgarishlarni ko‘proq his etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »