Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan 250 tonna uzum AQSHga eksport qilinadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

AQSHda o‘tkazilgan marketing tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistondan tajriba tariqasida yetkazilgan “Husayni” navli uzumining taʼmi va ko‘rinishi amerikalik xaridorlar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Noyabr oyi boshida Nyu-York shahriga Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan tajriba tariqasida yetkazilgan bir tonna uzumning barchasi mahalliy aholi tomonidan ikki kunda xarid qilindi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu omillar sabab mamlakatdan yangi uzumning yanada kattaroq partiyasini yetkazish bo‘yicha muzokaralar boshlangan edi. Muzokaralar natijasida joriy yilning 14-dekabr kuni AQSHning E.L.A. Superior Produce Inc. va Farg‘ona viloyatidagi “Seraxun” masʼuliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida umumiy qiymati 2 million dollarga teng qo‘shimcha eksport shartnomasi imzolandi.

Hujjatga muvofiq, Farg‘ona dehqonlari tomonidan yetishtirilgan 250 tonna uzum havo transporti orqali Nyu-York shahriga yetkaziladi va NetCost oziq-ovqat savdo tarmoqlari orqali sotiladi. O‘zbek diplomatlari, shuningdek, O‘zbekistondan quritilgan mevalarni AQSH va Kanada davlatlariga eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »