Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahrida joylashgan “Qo‘yliq” va “Chorsu” dehqon bozorlaridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 27-noyabrdagi ulgurji narxlari haqida maʼlumot berdi.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi 

O‘rganishlarga ko‘ra, dushunba tongida “Qo‘yliq”da narxi sezilarli darajada ko‘tarilgan mahsulotlardan biri uzum bo‘lgan. O‘tgan hafta avvalida kilosi maksimum 90 000 so‘mgacha sotilgan uzum joriy hafta boshida 100 000 so‘mgacha oshdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Nokning yuqori narxi ham kilosiga 35 000 so‘mdan 45 000 so‘mga qimmatlashdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vazirlik axborotiga qaraganda, bugun “Chorsu”da mol go‘shtining kilosi 60 000 – 70 000 so‘mdan, qo‘y go‘shti 65 000 – 70 000 so‘mdan sotilmoqda. Go‘sht ulgurji narxlari bir oydan ortiq vaqt davomida o‘zgarmay kelmoqda.

“Qo‘yliq” bozorida Lazer guruchining kilosini 18 000 – 25 000 so‘mdan, no‘xatni 18 000 – 20 000 so‘mdan, qizil loviyani 14 000 – 17 000 so‘m, moshni 10 000 – 12 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mazkur bozorda kartoshkaning kilosi 1 700 – 4 000 so‘m, piyozniki 1 200 – 2 200 so‘m, sabziniki esa 1 000 – 2 500 so‘m. Bulg‘or qalampirining kilosi 2 000 – 20 000 so‘mdan, bodring 15 000–20 000 so‘mdan, pomidor 10 000 – 21 000 so‘mdan, sarimsoq piyoz 12 000 – 23 000 so‘mdan sotilmoqda.

Mevalardan bananning kilosini maksimum 23 000 so‘mdan, anor 50 000 so‘m, limon 30 000 so‘m, behi 25 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin.

Vazirlik “Qo‘yliq” bozorida 28 turdagi meva, sabzavot, dukkakli va guruch mahsulotlari narxlari bo‘yicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 dan 7:00 ga qadar o‘rganilganini qayd etgan. “Chorsu” bozorida mol va qo‘y go‘shti narxlari bo‘yicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 va 8:00 oralig‘ida yig‘ilgani eslatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »