Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gretsiya The Economist jurnalining 2023-yilda iqtisodiyoti eng yaxshi natijalarga erishgan davlatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. 

Foto: Bloomberg

Gretsiya ketma-ket ikkinchi marta bu nomga sazovor bo‘lmoqda. Mamlakat fond bozorining real qiymati 40 foizga oshgan. Biroq, ekspertlarning ta’kidlashicha, mamlakat hali ham “2010-yillar boshidagiga qaraganda qashshoqroq”.

The Economist mamlakatlar reytingini besh ko‘rsatkich bo‘yicha tuzdi: inflyatsiya, bandlik, yalpi ichki mahsulot, ish o‘rinlari va fond bozori. Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Janubiy Koreya, AQSH, Isroil va Lyuksemburg egalladi. Reytingdan jami 35 ta davlat joy oldi, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Slovakiya, Avstriya, Islandiya va Finlyandiya oxirgi o‘rinlarni qayd etdi.

2010-yilda Gretsiya defoltni oldini olish uchun Yevropa Ittifoqiga yordam so‘rab murojaat qilgandi. 2010 va 2015-yillar orasida unga uchta yordam paketi taqdim etilgan. Bu yillar davomida Gretsiya yalpi ichki mahsuloti budjetni tejash fonida 25 foizga kamaygan.

2018-yil avgust oyida mamlakat uchinchi tashqi makromoliyaviy yordam dasturini muvaffaqiyatli yakunladi va kreditorlar tomonidan qattiq nazorat mexanizmidan chiqdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »