Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi hukmi bilan bloger Otabek Ahliddinov 7 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Otabek Ahliddinov
Foto: “Daryo”/ Fazliddin Muqaddasov

Ma’lum qilinishicha, Otabek Ahliddinov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan.

U Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi markaziy poliklinikaning bo‘lim rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. Ayblov xulosasiga ko‘ra, Ahliddinov 200 million so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirishda ayblangan.

Bloger shu yilning sentyabrida qamoqqa olingan. Dastlab u jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod tumani sudi hukmi bilan 5 yil 1 oydaga ozodlikdan mahrum qilingan. So‘ng prokuraturaning protesti asosida appelyatsiya sudi ishni qayta ko‘rib, muddatni 7 yil 1 oyga uzaytirgan.

  • Avvalroq 6,6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Otabek Sattoriy umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »