Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pentagon rahbari Lloyd Ostin Qizil dengizdagi kemalarni himoya qilish uchun Prosperity Guardian maxsus operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi matbuot xizmatida aytiladi.

Foto: Reuters

Ostinning so‘zlariga ko‘ra, maxsus operatsiyadan maqsad “Yaman husiylarining hujumlari” fonida Qizil dengizda xavfsiz navigatsiyani taʼminlash bo‘ladi.

“Yamandagi husiylar tomonidan so‘nggi paytlarda o‘ylanmasdan amalga oshirilayotgan hujumlar kuchayishi erkin savdo oqimiga tahdid solib, begunoh dengizchilarni xavf ostiga qo‘ymoqda va xalqaro qonunlarni buzyapti”, — deyiladi Pentagon bayonotida.

Ostinning aniqlik kiritishicha, operatsiyada Buyuk Britaniya, Bahrayn, Kanada, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Seyshel orollari va Ispaniya ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Yaman husiylari Qizil dengizda bir qancha kemalarga hujum qilgan edi. Husiylar, shuningdek, AQSH harbiy-dengiz kuchlari esminetiga ballistik raketalarni uchirdi. Shundan so‘ng eng yirik aviatashuvchi kompaniya husiylar tufayli Qizil dengizdagi faoliyatini to‘xtatdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »