Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan yana besh kishi ushlandi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:

  • 1985-yilda tug‘ilgan Fayziyev Alibek (Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi);
  • 1987-yilda tug‘ilgan Nurmatov Aziz (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1990-yilda tug‘ilgan Amonov Olimjon (Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi);
  • 1992-yilda tug‘ilgan Qodirov Bohodir (Jinoyat kodeksi 277-moddasi);
  • 1992-yilda tug‘ilgan Ismoilov Bobur (Jinoyat kodeksi 277-moddasi);

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »