Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchilardan biri Angola Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotidan (OPEK) chiqishini e’lon qilganidan keyin Brent markali neft narxi bir barrel uchun 79 dollardan pastladi. Buni London ICE birjasi ma’lumotlari tasdiqlaydi, deb yozadi “Tengrinews”.

Foto: Depositphotos

Eng past nuqtada kotirovkalar 78,7 dollarga tushdi. Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda Qizil dengizdagi husiylarning hujumlari tufayli Brent markali neft narxi oshib bormoqda.

Avvalroq Qizil dengizda AQSH boshchiligidagi bir qancha davlatlar tomonidan boshlangan husiy operatsiyalarga qarshi operatsiya fonida yoqilg‘i narxi bir barrel uchun 80 dollardan oshgandi. 

21-dekabr kuni Angola neft, gaz va mineral resurslar vaziri Diamontino Azevedo mamlakat OPEKdan chiqishini ma’lum qildi. Uning so’zlariga ko‘ra, Angolaning tashkilotdagi roli “ahamiyatli emas edi” va mamlakatning OPEKdagi ishtirokining o‘zi Luanda manfaatlarini qondirmadi. Shuningdek, u Angola neft qazib olishni qisqartirishga rozi bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.

2019-yil boshida Qatar karteldagi a’zoligini to‘xtatdi. 2020-yilda esa Ekvador OPEKdan chiqdi. Indoneziya 2009-yilda kartelni tark etgan, 2016-yilda qaytgan, biroq bir necha oy o‘tib yana OPEK a’zoligini to‘xtatgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »