Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 8 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi

Foto: "Daryo" / Madina Nurman

Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, tergovga jalb qilingan:

  • 1984-yilda tug‘ilgan Yuldoshev Doniyor (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi);
  • 1988-yilda tug‘ilgan Alimov Fazliddin (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1991-yilda tug‘ilgan Quvatov Shovkat (Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi);
  • 1988-yilda tug‘ilgan Tulyaganov Nuriddin (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi);
  • 1986-yilda tug‘ilgan Sotvoldiyev Ilxom (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1992-yilda tug‘ilgan Yunusov Doniyor (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 3-qismi);
  • 1992-yilda tug‘ilgan Erkinov Baxtiyor (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1987-yilda tug‘ilgan Maxmudov Umid (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi).

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Fuqarolar agar ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsa yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishi so‘ralgan. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »