Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston parlamenti “Energiyani tejash va energiyadan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni tayyorlamoqda. Bu haqda Altyn Asyr mahalliy telekanali xabar berdi.

 
Foto: Getty Images
“Hujjat energiya tejashni rag‘batlantirish va energiya samaradorligini oshirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini yaratishga qaratilgan”.

Turkmaniston Afg‘oniston, Eron, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga elektr energiyasi sotadi. 

Mamlakat eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va jahon energetika bozoridagi o‘rnini mustahkamlash choralarini ko‘rmoqda. Ashxobod Kavkaz (Eron orqali) va Janubiy Osiyo (Afg‘oniston orqali) bozorlariga qiziqish bildirmoqda.

Turkmanistonda elektr energiyasi tabiiy gazdan ishlab chiqariladi. Umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarishni 2021-yildagi 28,4 milliard kilovattdan 2028-yilda 37,5 milliard kilovatt-soatgacha oshirish rejalashtirilgan.

Mahalliy iqtisodiyotning ushbu sektori Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, butun mamlakat bo'ylab halqali magistral elektr uzatish liniyalarini qurish uchun 500 million dollar ajratdi. Loyiha 2024 yilda yakunlanishi kutilmoqda.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »