Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda, deb xabar beradi Norma.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan, ichki valyuta operatsiyalariga qimmatli qog‘ozlar bozorining uyushgan savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan, birja brokerlari va investitsiya vositachilari orqali aksiyalar va obligatsiyalarni (Markaziy bankning obligatsiyalari bundan mustasno) sotish va sotib olish bilan bog‘liq o‘tkazmalar kirishi belgilanmoqda.

Maxsus valyuta hisobvarag‘iga mijoz tomonidan sotib olingan, shuningdek, ushbu hisobvaraqdan ilgari chiqarilib, foydalanilmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilgan chet el valyutasi ham kirim qilinadi.

Maxsus valyuta hisobvarag‘idan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilgan chet el valyutasi ham uch bank ish kuni mobaynida tijorat banklariga qayta sotilishi yoki buyurtmada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun takroran o‘tkazib berilishi lozimligi haqidagi norma bekor qilinmoqda.

Shu bilan birga, bank mijozi tomonidan sotib olingan (shu jumladan, foydalanilmagan yoki qaytarilgan) valyuta mablag‘lari mijozning maxsus valyuta hisobvarag‘iga kiritilgan vaqtdan eʼtiboran yetti bank ish kuni mobaynida foydalanilishi yoki ushbu muddat tugagandan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tijorat bankiga qayta sotilishi shart.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 21-dekabrdan kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr boshida O‘zbekiston Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov tashkilotlari uchun transchegaraviy pul o‘tkazmalariga doir o‘rnatilayotgan cheklovlar yuzasidan tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »