Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAutoMotors Cobalt, Damas va Labo uchun onlayn kontraktatsiya 25-dekabr kuni soat 14:00 da ochilishini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

22-dekabr soat 12:00 da ommabop avtomobillarning 2024-yilgi butun ishlab chiqarish rejasi uchun onlayn kontraktatsiya boshlanishi ma’lum qilingandi. Kompaniya matbuot xizmatining bildirishicha, UzavtoSavdo tizimida soat 10:00 dan boshlab qator tashqi ta’sirlar kuzatildi va buning natijasida tizimga murojaatlar soni 1 soniyada 50 000 – 60 000 ga yetdi.

UzavtoSavdo tizimiga avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlangandan so‘ng qilingan davomli kiberhujumlar, avtorizatsiya so‘rovlarini qayta ishlashda muammolarni yuzaga keltirdi. Bu o‘z navbatida, onlayn savdo tizimining to‘liq bloklanishiga olib keldi.

Onlayn shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etadigan bir qator tizimlar ishlamay qolgan paytdan boshlab, UzAutoMotors va tegishli tuzilmalar mutaxassislari tomonidan UzavtoSavdo tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish va ishlashini ta’minlash bo‘yicha texnik ishlar amalga oshirildi.

Savdo tizimini qayta tiklash ishlari yakunlandi. Kontraktatsiya uchun Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining rejalashtirilgan butun hajmi sotuvda mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, qolgan boshqa avtomobil modellari uchun kontraktatsiya doimgidek tartibda amalga oshiriladi.

Tizim xavfsizligini ta’minlash uchun onlayn kontraktatsiya faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »