Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining qoldirilgan 17-turida “An-Nassr” 26-dekabr, seshanba kuni “Al-Ittihod” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Abdurazzoq Hamdalla hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Krishtianu Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. 38-daqiqada Anderson Taliska Ar-Riyod klubini hisobda oldinga olib chiqdi. 

Ikkinchi bo‘limda tomoshabinlar yana gollar shousiga guvoh bo‘ldi. Dastlab, 51-daqiqada Hamdalla dublni rasmiylashtirib, muvozanatni tikladi. 66-daqiqada Fabinyo qizil kartochka oldi va jamoasining bir kishi kam bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi. Ronaldu yana bir bor penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni 3:2 ko‘rinishga olib keldi. 75 va 82-daqiqada Sadio Mane ikki marta darvozani aniq nishonga oldi va jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Gollarga boy o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritgan “An-Nassr” jamoasi ochkolari sonini 43 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Al-Ittihod” esa 28 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.


Saudiya Professional Ligasi

17-tur bahsi

26-dekabr, seshanba

“Al-Ittihod” – “An-Nassr” 2:5

Gollar: 1:0 – 14 Hamdalla, 1:1 – 19 Ronaldu (penalti), 1:2 – 38 Taliska, 2:2 – 51 Hamdalla, 2:3 – 68 Ronaldu (penalti), 2:4 – 75 Mane, 2:5 – 82 Mane.

“Al-Ittihod”: Al-Mayuf, Kadesh, Fabinyo, Al-Havsavi (Al-Obod, 70), Kante, Koronado (Farhan, 70), Al-Gamdi, Al-Sahafi, Benzema, Romarinyo, Hamdalla (Al-Jamaan, 86).

“An-Nassr”: Al-Akidi, Al-Ganam, Laport, Al-Avjami (Al-Amri, 88), Telles (Al-Nahli, 88), Brozovich, Otavio (Al-Sulayxim, 87), Taliska, Fofana (Al-Haybari, 67), Mane (Garib, 87), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Al-Gamdi (28), Fofana (30), Kante (40), Telles (45), Hamdalla (47), Laport (47), Fabinyo (60), Al-Avjami (70).

Chetlatish: Fabinyo (66).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »