Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston muvaqqat bosh vaziri Anvar-ul-Haq Kakar G‘azo sektori aholisi bilan birdamlik belgisi sifatida mamlakatda Yangi yil bayramini nishonlash to‘liq taqiqlanganini ma’lum qildi.

Foto: “Vesti”
“Vaziyatni inobatga olgan holda Pokiston hukumati Yangi yil bilan bog‘liq barcha bayramlarni taqiqlashga qaror qildi”, — dedi Anvar-ul-Haq Kakar Geo TV telekanalida va aholini 2024-yilning ilk tongini munosib kamtarlik bilan kutib olishga chaqirdi.

U oktyabr oyi boshidan beri Isroil armiyasi tomonidan 21 mingdan ortiq falastinlik o‘ldirilganini ta’kidladi.

“Butun Pokiston xalqi va musulmon dunyosi G‘azo va G‘arbiy Sohilda begunoh bolalarning o‘ldirilishi hamda qurolsiz falastinliklarning genotsid qilinishi tufayli og‘ir azobni boshdan kechirmoqda”, — dedi Kakar.

Pokiston global forumlarning barchasida Falastin xalqining og‘ir ahvoli masalasini ko‘tarib kelmoqda va bu kelgusida ham davom etishi ta’kidlangan.

Avvalroq G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi 7-oktyabrdan beri Isroil zarbalaridan halok bo‘lgan g‘azoliklar soni 20,4 mingdan oshgani, 54 mingdan ortiq kishi jarohatlangani haqida ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »