Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Filmning muvaffaqiyati odatda u keltirgan daromad bilan o‘lchanadi. Quyida eng ko‘p daromad keltirgan Yangi yil haqidagi filmlarga to‘xtalamiz.

“Santa Klaus”, 1994-yil

Tim Allen ishtirok etgan “Santa Klaus” komediyasi 1994-yilda shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Film byudjetga 22 million dollar sarflab, 190 million dollar daromad keltirdi. Film yana bir oddiy Yangi yil komediyasi bo‘lishi kutilgan edi, lekin u eng ko‘p qayta tomosha qilinadigan kartinalardan biriga aylandi. Film syujeti Skott Kalvin ismli qahramon atrofida bo‘lib, u Rojdestvo bayramini o‘g‘li bilan birga o‘tkazishga qaror qiladi, lekin katta muammoga duch keladi. U sababli Santa Klaus yurak xurujiga uchraydi va u hamma vazifani o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi.

“Elf”, 2003-yil

“Elf” filmi 2003-yilda ekranga chiqdi va darhol xitga aylandi. Film iliq kutib olindi va yaxshi daromad olib keldi. Kartinaning byudjet 33 million dollarni tashkil qilib, 225 million dollar daromad olib keldi. Film tasodifan Shimoliy qutbga tushib qolgan va Santa Klausning elflar jamiyatiga qo‘shilgan Buddi haqida hikoya qiladi. Buddi o‘zini elf deb hisoblab ulg‘ayadi, lekin balog‘atga etganida asl haqiqatga duch keladi.

“Elf” filmi shu qadar muvaffaqiyatli chiqdiki, rejissyor va studiya darhol davomini suratga olishni xohladi. Sikvelda (film, kitob muvaffaqiyatidan keyingi davomi) rol o‘ynashni yoqtirmaydigan aktyor Uill Farrel bunga keskin qarshi chiqqan va 2020-yilda Farrel va rejissyor Jon Favro til topisha olmagani maʼlum bo‘ldi.

“Salom dada, Yangi yil!”, 2015-yil

Mark Uolberg “Uchinchisi ortiqcha” filmidagi komedik tarafini kashf qilgunga qadar jangovar va jinoiy filmlardagi ishtiroki bilan tanilgan edi. Keyinchalik “Salom dada, Yangi yil!” filmida ham ishtirok etdi. Ikki taniqli aktyor uchun nisbatan kichik byudjet sarflangan film 242 million dollar ishladi va filmning davomli bo‘lishini kafolatladi.

“Hayotiy muhabbat”, 2003-yil

Film turli qahramonlarning 10 ta voqeasini o‘z ichiga oladi. Kartina Yangi yil kayfiyatini ajoyib tarzda yetkazib beradi va yaxshi muhit yaratish uchun ilhom bag‘ishlaydi. Yaxshi tanlangan aktyorlar guruhi esa kartinani jozibador qilgan. Film umumiy hisobda 246 million dollar keltirdi. 14 yildan keyin filmning davomi chiqdi va qahramonlarning taqdiri oshkor bo‘ldi.

“Shimoliy ekspress”, 2004-yil

Yangi yil filmlarida rol o‘ynamaydigan Tom Xenks 2004-yil “Shimoliy ekspress” filmida suratga tushib, bu anʼanaga chek qo‘ydi. Aktyor filmda bir nechta rollarni bajardi. Kartina 300 million dollardan ko‘proq daromad olib kelgan bo‘lsa ham moliyaviy tarafdan muvaffaqiyatsiz deb topildi. Kinotanqidchilar ham filmni ko‘p aspektlar bo‘yicha yuqori baholanmadi. Ammo film vaqt sinovidan o‘tdi, hali-hamon tomoshabinlarning sevimli filmi bo‘lib qolmoqda.

“Rojdestvo hikoyasi”, 2009-yil

“Rojdestvo hikoyasi” — yana bir mashhur animatsion film. Undagi rollarni Jim Kerri, Gari Oldman, Kolin Fert va boshqalar ijro etgan. Film “Shimoliy ekspress”kartinasi kabi muvaffaqiyat chiqdi. 200 million dollar byudjet sarflab, 325 million dollar daromad keltirdi va targ‘iboti uchun masʼul bo‘lgan studiya muvaffaqiyatsizlik tufayli Disney tomonidan o‘zlashtirildi. Tanqidchilarga filmga yuqori baho qo‘ygan bo‘lsa ham ularga kartinaning g‘amgin ohangi manzur kelmadi. Tomoshabinlar bo‘lsa “Rojdestvo hikoyasi”ni yuqori baholadi.

“Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi”, 2000-yil

“Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi” filmi Jim Kerrining muvaffaqiyatliroq kartinasi bo‘ldi. U byudjetdan deyarli 3 baravar ko‘p, yaʼni 345 million dollar ishlab topdi. “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi” filmi “Uyda yolg‘iz” filmlaridan keyin uchinchi eng ko‘p daromad keltirgan Yangi yil filmi bo‘lgan edi, lekin 2018-yilda ularning barchasini boshqa bir loyiha ortda qoldirdi.

“Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda yo‘qolgan bola”, 1990-yil

Filmning birinchi qismidagi muvaffaqiyatdan so‘ng, studiya kartinaning davomini suratga olishni xohlagani ajablanarli emas. Rejissyor Kris Kolumb ham bosh rolni Makoley Kalkin o‘ynaydigan bo‘lsa, qarshilik qilmagan. “Uyda yolg‘iz-2” filmi 358 million dollar ishlab topgan. Bu filmning birinchi qismidan qariyb 100 million dollar kam degani. Shuningdek, studiya hali ham filmning uchinchi qismini suratga olish rejasidan voz kechganicha yo‘q.

“Uyda yolg‘iz”, 1992-yil

Filmining muvaffaqiyati asta-sekin bilan yig‘ildi. Kartina byudjeti juda kam bo‘lgan va bu pulga unchalik ajoyib bo‘lmagan komediyani yaratish mumkin edi. Ammo vaziyatlarning baxtli kombinatsiyasi tufayli rejissyorlar filmga Daniel Stern, Jo Peshi Jon Uilyams kabi aktyorlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan. Umumiy byudjeti 15 million bo‘lgan film 476 million daromad keltirdi va bu Yangi yil filmlari tarixidagi eng muvaffaqiyatli prokatga aylangan. Faqatgina 2018-yilda “Grinch” animatsion filmi chiqib, deyarli 30 yil davomida yetakchilik qilgan filmni ortda qoldirdi.

“Grinch”, 2018-yil

“Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi” kartinasining remeyki bo‘lgan “Grinch” filmi 75 million dollar byudjet sarflab, 500 million dollardan ortiq daromad olishga muvaffaq bo‘ldi. Tanqidchilar odatdagidek multfilmni har xil baholadi. Tomoshabinlar maʼqul keldi va “Grinch” o‘z janrida eksklyuzivligini taʼkidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »