Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yashash uchun dunyodagi eng qimmat shahar deb topilgan Shveysariyaning Syurix shahri mahalliy aholining hayotdan qoniqish darajasiga ko‘ra, 2024-yilda ko‘chib o‘tish uchun Yevropadagi eng yaxshi joy deb topildi.

Yevropa Ittifoqining “Yevropa shaharlaridagi hayot sifati 2023” hisobotiga ko‘ra, yevropaliklarning qariyb 90 foizi o‘z shaharlaridagi hayotdan qoniqish hosil qilgan. Garchi bu ko‘rsatkich 2019-yilga nisbatan kamaygan bo‘lsa-da, hisobotda qoniqish darajasi yuqoriligicha qolayotgani, har o‘n kishidan to‘qqiz nafari hayotdan mamnun ekani ta’kidlangan, deya xabar beradi SchengenVisaInfo.

Foto: Google Images

Hisobotda kichikroq shaharlar ko‘p jihatdan, jumladan, xavfsizlik, sog‘liq, uy-joy sotib olish imkoniyati va mahalliy hukumat bilan aloqa bo‘yicha yashash uchun yaxshiroq joylar sifatida qabul qilinishi tendensiyaga aylangani qayd etilgan. Bundan tashqari, kichik shaharlar keksa odamlar, kichik bolali oilalar va migrantlar uchun eng yaxshisi hisoblanadi.

2024-yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi 10 ta Yevropa shahri

  • 1. Syurix, Shveysariya (97% aholi hayotidan mamnun).
  • 2. Kopengagen, Daniya (96%).
  • 3. Groningen, Niderlandiya (96%).
  • 4. Gdansk, Polsha (95%).
  • 5. Leypsig, Germaniya (95%).
  • 6. Stokgolm, Shvetsiya (95%).
  • 7. Jeneva, Shveysariya (95%).
  • 8. Rostok, Germaniya (94%).
  • 9. Kluj-Napoka, Ruminiya (94%).
  • 10. Braga, Portugaliya (94%).

Shu bilan birga, Groningen, Braga va Gdansk migrantlar uchun eng yaxshi deb topilgan o‘nta shahar qatoriga kirdi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshilar ro‘yxatiga Kardiff (Buyuk Britaniya), Lissabon (Portugaliya), Barselona (Ispaniya), Taynsayd (Buyuk Britaniya), Gamburg (Germaniya), Xelsinki (Finlyandiya) va Glazgo (Buyuk Britaniya) kabi shaharlar kiritilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »