Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Teylor Svift Billboard 200 musiqiy chartida yakkaxon ijrochi tomonidan eng ko‘p hafta o‘tkazgan Elvis Preslining rekordini yangiladi.

Foto: Zvuki.ru

Yaqinda Sviftning 1989 albomi beshinchi marta chartda birinchi o‘rinni egalladi. Xonandaning loyihalari Billboard 200 ning eng yuqori pog‘onasida o‘tkazgan umumiy vaqti hozirda 68 haftani tashkil etadi, bu avvalgi rekordchi Elvis Preslidan bir haftaga ko‘p degani.

Faqat yakkaxon ijrochilarni emas, barcha musiqachilarni hisobga oladigan reytingda Svift ikkinchi o‘rinni egalladi. Mutlaq peshqadam The Beatles guruhi bo‘lib qolmoqda, uning albomlari 132 hafta davomida chartda birinchi o‘rinni egallagan.

Dekabr oyida Teylor Svift Ginnesning rekordlar kitobiga tarixdagi eng daromadli konsert gastroli tashkilotchisi sifatida kirgan edi. Xonanda birgina Eras gastrollarining dastlabki 60 tasida 1 milliard dollar ishlab topgan. Umumiy foyda esa 2 milliard dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »