Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mazkur klassik filmlar ekranga chiqqaniga ham bir necha o‘n yillar bo‘ldi. Bu vaqt ichida turli kino ishqibozlari ulardagi sezilarli xatolarni topibdi ham. Ammo komediyalarni tomosha qilishda ko‘pchilik payqamagan yana bir nechta noaniqliklar hamma uchun qiziq.

“I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari”

  • Bezoriligi uchun qamalgan Fedya buldozerda ketayotganida Shurik uning yuziga shlakli eritma (yoki ohak) otadi. Fedya buldozerdan tushadi va kadrda uning yuzidan tashqari qo‘llari ham iflos ekanligini ko‘rish mumkin. Keyingi kadrda esa tirsagigacha ohak bo‘lgani ko‘rsatiladi.

  • Fedya zinadan sirpanib tushayotganda shimining orqasi yaxshigina yirtiladi. Ammo bir necha soniyadan so‘ng, teshiklar qandaydir sehrli tarzda sezilarli darajada kichiklashadi.

  • Shurik Fedyani bir nechta rulon gulqog‘ozga o‘rab, keyin uni ko‘targanida, kapalaklar tasviri o‘z yo‘nalishini bir necha bor o‘zgartirganini ko‘rish mumkin.

“Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari"

  • Nina tutqunlikdan qochmoqchi bo‘lganida poshnasi bilan eshikni rosa tepadi, natijada eshikda ikkita sezilarli iz qoladi. Ammo bir necha kadrdan so‘ng, o‘g‘rilar xonaga kirganlarida eshikdagi izlardan asar ham qolmaydi.

  • Xona eshigi yonidagi devorda ichkarini ko‘rish uchun mo‘ljallangan teshik (glazok) mavjud. U orqali qizning tog‘asi Jabroil o‘g‘irlangan jiyani Nina nima qilayotganini kuzatadi. Birinchidan, nega glazok eshikda emas, balki devorga o‘rnatilgani qiziq. Ikkinchidan, xona ichkaridan ko‘rsatilgan kadrlarda devorda hech qanday teshik yo‘qligini ko‘rish mumkin.

“Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”

  • Jorj Miloslavskiy Shpakning kvartirasiga o‘g‘rilikka tushganida bir dasta obligatsiyalarni topib oladi. Keyingi daqiqada u kameraga o‘girilib, tomoshabinlarga pullarini omonat kassasida saqlashni maslahat berib, obligatsiyalarni emas, 3 dasta kupyurani ko‘rsatadi.

  • Shurikning xotini Zina uyga qaytganida shoh Ivan Grozniy parda ortiga yashirinadi. Ayni o‘sha paytda suvi xiralashgan akvariumni ko‘rish mumkin. Ammo bir necha soniyadan so‘ng Zina pardani ochganida akvariumdagi suv tiniq bo‘lib qoladi.
  • Vaqt mashinasida ham bir necha soniya davomida ba’zi suyuqliklar rangini, kolbalar esa shaklini o‘zgartiradi va bir nechta yangi idishlar paydo bo‘ladi.

  • Bunsha askarlardan yashirinish uchun sandiq ichiga tushayotganida ma’lum bir holatda (boshini o‘ng tomonda) kirgani aniq. Va bir necha soniyadan so‘ng Ivan Vasilyevich tashqariga chiqqanda, uning boshi teskari tomonga o‘girilgan bo‘ladi.

  • Miloslavskiy va Bunsha sandiqdan kiyim olib, qochib ketganda kadrda 2 ritsar zirhi ko‘rinadi. Ulardan birining dubulg‘asi polda yotibdi. Ammo bir lahzadan keyin u o‘z o‘rnida ekanini ko‘rish mumkin.

“Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling”

  • Ippolit mashinasida ketayotganda Lukashin uning orqasidan yuguradi. Birinchi kadrda butun avtomobil, jumladan, orqa oynasi ham qor bilan qoplanganini ko‘rish mumkin. Bir lahzadan keyin mashina qordan tozalanib qoladi.

  • Jenya gitarani Nadyaga berayotganida asbob dastasini chap qo‘lida ushlab turadi. Rakurs o‘zgarganda esa gitara dastasi o‘ng qo‘lidaligini ko‘rish mumkin.

  • Ippolit kiyimi bilan dushga kirganda paltosida ikkita tufli izi ko‘rinib turibdi. Ammo bir soniyadan keyin poyabzal izlaridan asar ham qolmaydi.

“Qizlar”

  • Tosya xursand bo‘lib, kazarmaga qaytganida kigiz etigini yerda yotgan boshqa piymalar oldiga tashlaydi. Ammo bir necha soniyadan so‘ng, u eshik oldida raqsga tushganda kigiz etiklar taxlanganini ko‘rish mumkin.

  • Mahalliy klubda raqs kechasi bo‘layotgan bir kadrda shashka o‘ynayotgan ikki bolani ko‘rish mumkin. O‘yin stolida bir nechta qora shashka turibdi, 2 soniyadan so‘ng stoldagi qora shashkalar sezilarli darajada ko‘payib qoladi.

“Avtomobildan saqlaning”

  • Rulda Lyuba o‘tirgan trolleybus bekatga yetib kelganida avtomobil bortida 413 raqamini ko‘rish mumkin, trolleybus ketayotganda esa uning yon tomonida mutlaqo boshqa raqam – 478.

  • Quvg‘in tugab, qahramonlar xayrlashayotganda keng kadrlar yaqinlashtirilganda bordyurlarning rangi ham o‘zgaradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »