Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqiladi. Bu haqda prezidentning “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorda keltirilishicha, qonun loyihasi mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar ishlab chiqilishi lozim.

Yangi tahrirdagi qonunda quyidagilar nazarda tutilishi rejalashtirilgan:

  • “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial mas’uliyati va javobgarligi doirasini aniq belgilash, mahalla raisining ularning sa’y-harakatlarini birlashtirish va yo‘naltirish, rag‘batlantirish va intizomiy jazolash bo‘yicha vakolatlarini mustahkamlash;
  • mahalla tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha oshirilgan koeffitsiyentlar qo‘llash yuzasidan tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taklif kiritish;
  • “mahalla yettiligi” tarkibidagi lavozimlarga tayinlashda ushbu mahallada yashovchi nomzodlarga ustuvorlik berish;
  • mahalla raisining so‘roviga javob bermaslik yoki taqdimnomasida qo‘yilgan masalani ko‘rib chiqmaslik uchun javobgarlik belgilash;
  • xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalla raislari o‘z faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganda, ularga nisbatan ishonchsizlik bildirish va ushbu masalani ko‘rib chiqish vakolatlarini berish va boshqalar.

“Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunning ham yangi tahriri loyihasi ishlab chiqiladi. Unda mahalla raisi saylovini aholi tomonidan umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkazish, mahalla raisining ma’lumoti (oliy) va malakasi bo‘yicha qo‘yiladigan talablar, mahalla raisining vakolat muddatini 3 yildan 5 yil muddatga uzaytirish va boshqalar nazarda tutiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »