Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasi 12-yanvar kuni start oladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7 ta Osiyo Kubogida ishtirok etgan va raqiblar darvozasini 42 bor ishg‘ol qilgan.

Foto: O‘FA

O‘zbekistonning Osiyo Kuboklaridagi eng yaxshi to‘purari Aleksandr Geynrix hisoblanadi. Unda 6 ta gol mavjud.

Foto: O‘FA

Maksim Shatskix, Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov 4 tadan gol bilan ikkinchi, Mirjalol Qosimov va Ulug‘bek Baqoyev – 3 tadan gol bilan uchinchi pog‘onani egallab turibdi.

Foto: O‘FA

Timur Kapadze, Server Jeparov va Sardor Rashidov – 2 tadan, Igor Shkvirin, Oleg Shatskix, Sergey Lebedev, Sergey Lushan, Vladimir Shishelov, Aziz Ibragimov, Pavel Solomin, Igor Sergeyev, Vohid Shodiyev, Javohir Siddiqov va Jaloliddin Masharipov bittadan gol kiritishga muvaffaq bo‘lishgan, yana bir gol esa raqib futbolchisi hisobiga yozilgan.

Foto: O‘FA

Odil Ahmedov uchta Osiyo Kubogida (2011, 2015 va 2019-yillar) gol kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. 

Mirjalol Qosimov (2000 va 2004-yil) va Odil Ahmedov (2011 va 2019-yil) ikkitadan Osiyo Kubogida terma jamoaning dastlabki goliga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi B guruhidan joy olgan. Srechko Katanes jamoasiga Suriya, Hindiston va Avstraliya kabi termalar raqiblik qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »