Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo Rossiya bilan chegaradagi nazorat punktlari 14-yanvardan keyin ochilmasligini tasdiqladi. Bu haqda u Yle jamoat teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Menda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada hech narsa o‘zgarmadi. Men yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar o‘sha darajada qolayotganiga aminman. Bu keyingi harakatlar, ya’ni cheklovlar zarurligini nazarda tutadi”, — dedi Orpo. Shu bilan birga, u hukumat yaqin bir necha kun ichida yangi qaror qabul qilishi kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Bosh vazir qaror qabul qilishda chegara va milliy xavfsizlik bilan birga, Finlyandiyada yashovchi ruslarning ahvoli ham inobatga olinganini ta’kidladi. “Hukumat chegara xavfsizligi biz uchun muhim masala degan xulosaga keldi”, — dedi Orpo.

Avvalroq Finlyandiya hukumati 2023-yil 30-noyabrdan 14-dekabrgacha Rossiya Federatsiyasi bilan chegaradagi barcha avtomobil nazorat-o‘tkazish punktlarini yopish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Ikkita nazorat-o‘tkazish punkti qayta ochilgan, biroq uchinchi davlatlardan muhojirlarning qayta oqimi tufayli chegara 2024-yil 14-yanvargacha yana yopilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »