Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda kimlarga yuqori maosh to‘lanishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Elektron mehnat birjasi maʼlumotlariga ko‘ra, eng yuqori maosh sanoatning bosh texnologlariga — 954 ming tengedan (2 ming dollardan ortiq), quduqlarga xizmat ko‘rsatish muhandislariga – 800 ming tengedan (1700 dollardan ortiq) va arxitektorlarga – 700 ming tengedan (1500 dollardan yuqori) to‘lanadi. 

Bu ma’lumotlar fuqarolarning e’lon qilgan rezyumelari va ularning kutilayotgan ish haqi bo‘yicha taxminlari asosida tuzilgan. 

“O‘tgan yil davomida rejissyorlar va videooperatorlar uchun yuqori maosh taklif qilingan edi. Malakasi bo‘lmagan odamlar uchun ish haqi taklifi kamroq. Umuman olganda, malakasiz ishchilar, yarim malakali ishchilar va yuqori malakali ishchilar kabi toifalar mavjud. Hammasi ta’lim darajasi va ko‘nikmasiga bog‘liq. Yana hisobga olinadigan narsa tajribadir”, — deb tushuntirdi Mehnat vazirligi.

2023-yili Qozog‘istonda eng yuqori maosh tog‘-kon sanoatida smenali nazoratchilarga taklif qilingan edi — o‘rtacha 758 ming tenge (salkam 1700 dollar) .

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »