Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso G‘arb davlatlarining Ukrainaga yordam berish strategiyasini muvaffaqiyatsiz deb atadi. 

“G‘arbning Rossiyadagi vaziyatni qayta-qayta noto‘g‘ri baholagani hayratlanarli... Rossiya iqtisodiyoti ham, Rossiya valyutasi ham qulagani yo‘q, Rossiyaga qarshi sanksiyalar bu ulkan davlatning ichki salohiyatini — o‘zini o‘zi ta’minlash darajasini oshirmoqda, Rossiya energetika gigantlari Xitoy va Hindistonga rekord darajada energiya yetkazib bermoqda”, — dedi Fitso Slovakiyaning “Pravda” nashri uchun bergan intervyusida.

Foto: Google Images

Bosh vazir o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi. “Xavfsizlik kafolatlari Rossiyaga ham, Ukrainaga ham kerak. 2022-yil boshida G‘arb o‘t ochishni to‘xtatish jarayoniga barcha mumkin bo‘lgan saʼy-harakatlarni sarflamay, “katta xato”ga yo‘l qo‘ygan”, — dedi Slovakiya bosh vaziri.

2023-yil dekabr oyi oxirida The New York Times Rossiya va G‘arb rasmiylariga tayanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin vositachilar orqali Ukraina bilan muzokaralarni boshlash va sulh tuzishga tayyorligini bildirayotganini yozgan edi.

Shuningdek, o‘sha oyda Politico nashri AQSH prezidenti Jo Bayden ma‘muriyati Ukraina bo‘yicha o‘z strategiyasini maxfiy ravishda o‘zgartirayotgani, Rossiya ustidan to‘liq g‘alaba maqsadidan uzoqlashayotgani va urushni tugatish bo‘yicha mumkin bo‘lgan muzokaralarda Kiyev pozitsiyasini yaxshilashga e’tibor qaratayotgani haqida ma’lum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »