Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiya ichki ishlar vaziri Mari Rantanen matbuot anjumanida Finlyandiya hukumatining Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punkti yopilishini 11-fevralgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qarorini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiyaning harakatlari mamlakat rahbariyatiga boshqacha qaror qabul qilishga imkoniyat qoldirmadi”.

Finlyandiya IIV rahbari, shuningdek, “Rossiyaning gibrid ta’siri xavfi hali ham mavjud bo‘lgani uchun chegaralarni yopib qo‘yishni davom ettirish kerakligini” aytdi. 

Foto: Google Images

9-yanvar kuni Mari Rantanen nazorat-o‘tkazish punktining yopilishini uzaytirish va hatto chegaralarni butunlay yopib qo‘yishga ruxsat berdi. Bungacha 14-dekabr kuni Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegarani bir oyga butunlay yopgan edi.

Finlyandiya hukumati chegaralar yopilishiga migrantlar oqimini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo migrantlar oqimining yuzaga kelishida rossiyalik chegarachilarni aybladi. Buni Finlyandiya NATOga qo‘shilishga intilayotgani uchun “Kremlning qasosi” deb atadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »