Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalqaro Gaaga sudi Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) Isroilni genotsidda ayblagan da’vosi bo‘yicha tinglovlarni boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Anadolu

Gaagadagi tinglovlar 11-12-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. 20 dan ortiq kishidan iborat Janubiy Afrika Respublikasi delegatsiyasiga JAR Adliya va axloq tuzatish xizmatlari vaziri Ronald Lamola boshchilik qilmoqda. Sud majlislarida 15 nafar sudyalar hay’ati ishtirok etadi. Yig‘ilishda Isroilning katta delegatsiyasi ham qatnashadi va 12-yanvar kuni nutq so‘zlaydi. Ayblov xulosasi 80 sahifadan iborat.

JAR 29-dekabr kuni G‘azo sektoridagi vaziyat yuzasidan Xalqaro sudga genotsid konvensiyasi bo‘yicha Isroilga qarshi ish qo‘zg‘atib, Isroil rasmiylariga nisbatan vaqtinchalik choralar ko‘rishga chaqirdi.

JAR Isroilning G‘azo sektoridagi falastinliklarga qarshi harakatlarini “Genotsid konvensiyasi bo‘yicha majburiyatlarni buzish” ekanini ta’kidladi. Birinchi chora sifatida Isroildan G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini zudlik bilan to‘xtatish talab qilinmoqda.

Isroil rasmiylari bu ayblovlarni rad etib, davlatning o‘zini himoya qilishning yagona yo‘li “HAMASni butunlay yo‘q qilish” ekanini ta’kidlamoqda. 

Ommaviy axborot vositalari quyidagi davlatlar Xalqaro sudda Isroilga qarshi genotsid ayblovini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi.

1) Misr
2) Jazoir 
3) Bahrayn
4) Bangladesh
5) Braziliya
6) Komor orollari
7) Jibuti
8) Eron
9) Iroq 
10) Iordaniya
11) Kuvayt
12) Livan
13) Liviya
14) Malayziya
15) Maldiv orollari
16) Marokash
17) Mavritaniya 
18) Namibiya 
19) Nikaragua
20) Ummon
21) Pokiston
22) Falastin
23) Qatar
24) Saudiya Arabistoni
25) Somali
26) Sudan
27) Suriya
28) Tunis 
29) Turkiya
30) BAA
31) Venesuela 
32) Yaman

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »