Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi musobaqasidan Falastinga qarshi nazorat o‘yinida ishtirok etgandi. 

Foto: O‘FA

Uchrashuv Srechko Katanes shogirdlarining kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan. O‘yindan so‘ng terma jamoaning bir futbolchisi jarohat olib, maydonni tark etgani xabar qilingandi. Ushbu futbolchi Husniddin Aliqulov ekanligi va uning jarohati qanchalik jiddiyligi borasida O‘FA ma’lumot berdi.

Terma jamoaning Falastin bilan bo‘lgan mashg‘ulot o‘yinining birinchi bo‘limida himoyachi Husniddin Aliqulovni og‘riq bezovta qildi va murabbiylar uni almashtirdi. Shifokorlar tomonidan Aliqulovga zarur muolajalar ko‘rsatildi.
Dastlabki ko‘rikda uning avvalgi jarohati yana qaytalangani maʼlum bo‘ldi. Shundan so‘ng Qatardagi “Aspetar” klinikasida uning holatini o‘rganish bo‘yicha kerakli amaliyotlar bajarildi. Terma jamoa tibbiy shtabi barcha xulosalarni o‘rganib chiqdi va Aliqulovning tuzalib qaytishiga taxminan 4 hafta vaqt talab etilishi maʼlum bo‘ldi. Bu esa unga Osiyo Kubogi mobaynida jismoniy holati hamda sport formasini to‘liq tiklashga to‘sqinlik qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ishtirokini 13-yanvar kuni boshlaydi. Ilk o‘yin Suriyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »