Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya Yevropa Ittifoqining asosiy siyosiy boshqaruv organi bo‘lmish Yevropa kengashidagi ovoz berish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Kelgusi hafta Yevroparlament bu masalani ko‘rib chiqadi.

Finlyandiya parlamenti deputati Petri Sarvamaaning Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum etishga chaqiruvchi petitsiyasi 120 ta ovoz to‘plagani ma’lum qilindi.

“Imzolar to‘plandi! Biz Orbanni ovoz berish huquqidan mahrum qilishga bir qadam yaqinlashdik. Fikr-mulohazalar kuchli bo‘ldi, bu tarixiy petitsiyani qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Men turli partiyalar va Yevropa Ittifoqiga aʼzo bir qancha davlatlardan 120 ta ovoz to‘pladim”, deb yozadi Sarvamaa.

Foto: Google Images

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda “petitsiya g‘oyasining yakuniy umumiy qo‘llab-quvvatlanishini iloji boricha tezroq Yevropa parlamentining yalpi majlislar zalida baholash o‘ta muhim”.

“Bu kelasi haftadayoq amalga oshishi mumkin, chunki keyingi hafta parlament Vengriya bo‘yicha rezolyutsiyani ovozga qo‘yadi”, dedi Sarvamaa.

Uning qayd etishicha, Yevroparlamentga taqdim etiladigan rezolyutsiyaning o‘ziga xos mazmuni hali tasdiqlash bosqichida. Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat Yevropa Ittifoqi shartnomasining 7.2-moddasiga asoslanadi. Aynan ushbu modda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatning Yevropa Ittifoqi qoidalari va qadriyatlarini takroran buzgani uchun muayyan huquqlarini to‘xtatib turish imkoniyatini nazarda tutadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »