Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiya hukumati 2024-yil bahorida Rossiya fuqarolari uchun ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘liq taqiqlashni rejalashtirmoqda, dedi mamlakat mudofaa vaziri Antti Xakkanen.

Amaldorning mahalliy Helsingin Sanomat nashriga ma’lum qilishicha, hozirda ushbu taqiqni joriy qilish uchun zarur qonuniy asoslarni izlash davom etmoqda.

Foto: Google Images

“Bahorda muayyan qarorlar qabul qilinishi mumkin. Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun Finlyandiyada tranzaksiyalarni to‘liq taqiqlashdan tashqari, rossiyaliklarga sotilgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ham tergov o‘tkaziladi”, — dedi Xakkanen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi cheklovlarni joriy etish uchun Finlyandiya hukumatining qarori yetarli, parlament orqali qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish shart emas.

 Finlyandiya mudofaa vazirining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 12-paketi doirasida Xelsinki sanksiyaga tushgan shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk va biznesni musodara qilish imkoniyatiga ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »