Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH rasmiylari “Tolibon” harakati Shimoliy Koreyadan yashirincha yadroviy qurol olmoqchiligini ma’lum qildi. Bu haqda Tasnim xabar berdi.

Foto: AP Photo

AQSH Kongressi vakillar palatasining tashqi aloqalar qo‘mitasi aʼzolari o‘tkazgan yig‘ilishda tegishli masala yuzasidan fikr bildirilgan. Jumladan, tashqi aloqalar qo‘mitasining respublikachi aʼzosi “Tolibon” yadro qurolini Pokiston va Shimoliy Koreyadan olishga harakat qilayotganini aytgan.

Uning ta’kidlashicha, “Tolibon” hukumati yadroviy qurol texnologiyasini muhokama qilish va KXDR bilan qurol aloqasini o‘rnatish uchun Shimoliy Koreyaga delegatsiya yuborgan. Bu bayonotlarga javoban “Tolibon” hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Kobul hech bir davlat bilan qurol-yarog‘ olish masalasini muhokama qilmagani va “Tolibon” kuchlarida yetarlicha texnika borligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »