Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogi finalida “Real” va “Barselona” 14-yanvar, yakshanba kuni o‘zaro kurash olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuv madridliklarning total ustunligida boshlandi va jamoa tezkor gol urdi. 7-daqiqada Vinisius Junior hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, braziliyalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi. 33-daqiqada kataloniyaliklar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ketma-ket hujumlardan so‘ng to‘p Robert Levandovskiga borib tushdi va polshalik hujumchi ajoyib zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi. 39-daqiqada esa o‘zi ishlab olgan penaltini aniq amalga oshirib, het-trik muallifiga aylandi. Birinchi bo‘lim 3:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda jamoalar tempni biroz pasaytirdi. Lekin 64-daqiqaga kelib, hisob o‘zgardi. “Qaymoqranglilar”ning kombinatsion hujumi Rodrigoning goli bilan yakunlandi. “Barselona” uchun “yomon xabarlar” hali tugamagan edi. 71-daqiqada Ronald Arauxo Vinisiusga ishlatilgan qo‘pollik uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin 4:1 hisobida “Real”ning foydasiga yakunlandi.

Shu tariqa madridliklar o‘z tarixida 13-marta Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi.


Ispaniya Superkubogi

Final

14-yanvar, yakshanba

“Real” — “Barselona” 4:1

Gollar: 1:0 – 7 Vinisius Junior, 2:0 – 10 Vinisius Junior, 2:1 – 33 Levandovski, 3:1 – 39 Vinisius Junior (penalti), 4:1 – 64 Rodrigo.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 81), Valverde (Sebalyos, 86), Tchuameni, Bellinghem (Xoselu, 86), Vinisius Junior (Kamavinga, 82), Rodrigo (Braim Dias, 77).

“Barselona”: Penya, Arauxo, Kristensen, Kunde, Balde, Serji Roberto (Lopes, 61), Gundo‘g‘an, de Yong, Pedri (Yamal, 61), Ferran Torres (Joau Feliks, 61), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Arauxo (37), Serji Roberto (40), Bellinghem (43), Ryudiger (62).

Chetlatish: Arauxo (71).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »