Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Samara viloyati Stavropol rayonida 16-yanvar kuni o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina yo‘l-transport hodisasiga uchragani xabar qilingandi. FVV halok bo‘lgan va jabrlanganlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: Samara viloyati prokuraturasi

Keltirilishicha, 16-yanvar kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi navbatchilik qismidan olingan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 16-yanvar kuni (Moskva vaqti bilan) soat 13:00 larda Samara viloyati, Stavropolsk rayoni M-5 avtomobil yo‘lining 947 kilometrida harakatlangan “Lada Largus” rusumli  avtomobil va “Gazel” rusumli yuk avtomobili to‘qnashishi oqibatida “Lada Largus”da bo‘lgan jami 7 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga olib kelish yuzasidan kerakli barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Rossiya mas’ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak bermoqda. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning tegishli tashkilotlari bilan bu borada yaqindan hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »