Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Angliyaning London shahrida The Best sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi 2023-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Qayd etib o‘tish joizki, Leo va “Manchester Siti” futbolchisi Erling Holand bir xil, 48 ochkodan jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.

Faqatgina terma jamoa sardorlari unga ko‘proq ovozga bergani evaziga, sovrinni oldi. Uchinchi o‘rindagi Kilian Mbappe esa 35 ochko to‘plagan.

Foto: FIFA

Messining o‘zi ovoz berish jarayonida Erling Holandni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ikkinchi o‘rinda Kilian Mbappe (“PSJ”, Fransiya) va uchinchi o‘rinda Xulian Alvares (“Manchester Siti”, Argentina) qayd etilgan. 

Krishtianu Ronaldu esa Portugaliya terma jamoasi sardori sifatida ovoz berish jarayonida ishtirok etmagan. Uning o‘rniga himoyachi Pepe ovoz bergan. Portugaliyalik futbolchi birinchi o‘ringa Bernardu Silvani (“Manchester Yunayted”, Portugaliya), ikkinchi o‘ringa Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya) va uchinchi o‘ringa Viktor Osimhenni (“Napoli”, Nigeriya) qo‘ygan.

Lionel Messi o‘z faoliyatida 3-marta The Best sovriniga ega chiqmoqda va bu borada rekordchiga aylandi. Undan oldin argentinalik futbolchi 2019 va 2022-yillarda ushbu sovringa loyiq ko‘rilgan. 

FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida Krishtianu Ronaldu va Robert Levandovskilar ikki martadan e'tirof etilgan. 

Yana bir The Best sovrini esa Luka Modrichga (“Real”, Xorvatiya terma jamoasi) nasib etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »