Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya vitse-kansleri va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida yangi urushlar xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Reuters

Shu kunlarda Shveysariyaning Davos shahrida Jahon iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda quyidagi yetakchilar ishtirok etmoqda:

  • Xitoy bosh vaziri Li Syan;
  • Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen;
  • Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy;
  • Isroil prezidenti Isaak Gersog;
  • AQSH davlat kotibi Entoni Blinken;
  • Argentinaning yangi prezidenti Xavyer Miley;
  • BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish;
  • Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va boshqalar.
“Global hamjamiyat sifatida hamkorlikka muhtojmiz: ko‘proq hamkorlik, ko‘proq ishonch, ko‘p tomonlama institutlarni qayta qurish. Eng yomoni, har kim faqat o‘z maqsadini ko‘zlab, o‘z sho‘rvasini pishirganda, alohida davlatlarga bo‘linish va chegaralarni mustahkamlashdir.
Bu boshqa birovning kartoshka va sabzisini o‘g‘irlash mumkin degan fikrni keltirib chiqaradi. Natijada o‘tgan asrdagi kabi urushlar, to‘qnashuvlar va dunyo haqiqatan ham suv havzasida. Bu shunchaki dahshatli. Putin bu konfliktda muvaffaqiyat qozonmasligi kerak. Aks holda keyingi bir necha yil ichida barcha qo‘shni davlatlar xavf ostida qoladi”, — dedi Robert Xabek.

Avvalroq Germaniya Qurolli kuchlarining (Bundesver) maxfiy hujjati ochiqlangandi, unda Rossiyaning hujumga tayyorlanish “tafsilotlari” va NATOning harakatlari oshkor qilingan. 

Bundesver ssenariysi “Alyans mudofaasi 2025” nomi bilan 2024-yil fevral oyida boshlanadi. Unga ko‘ra, Rossiya navbatdagi safarbarlik to‘lqinini boshlab yuboradi va qo‘shimcha 200 ming kishini armiyaga chaqiradi. 

“Shundan so‘ng Kreml Ukrainaga bahorgi hujumni boshlaydi, bu esa Ukraina armiyasining harakatlanishini iyun oyigacha orqaga suradi. Rossiyaning G‘arbga dastlab yashirin, keyin esa tobora oshkora hujumi iyul oyida boshlanadi. Kiberhujumlar va gibrid urushning boshqa shakllari, asosan, Boltiqbo‘yi mamlakatlarida kutilmoqda. Rossiya o‘z hududida va Belarusda keng ko‘lamli mashqlarni boshlash uchun bahona sifatida foydalanadigan to‘qnashuvlar sodir bo‘ladi”, — deyiladi prognozda.

Ssenariyga ko‘ra, agar Rossiya Kaliningradga qo‘shinlari va o‘rta masofali raketalarni joylashtirsa, oktyabr oyida vaziyat keskinlashishi mumkin. 2025-yil may oyida NATO ushlab turish choralari to‘g‘risida qaror qabul qiladi; “X kuni” NATO sharqiy qanotga 300 000 harbiy, shu jumladan, 30 000 Bundesver askarini joylashtiradi. Rossiya NATO tomonidan cheklanib qoladimi yoki yo‘qmi, ssenariyda ochiq savol bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »