Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda so‘nggi kunlarda ertalab va kechqurun tuman tushishi kuzatilmoqda. Bu havoning ifloslanishi, chang bilan bog‘liq ekani haqida xabarlar tarqalgach, “O‘zgidromet” holatga izoh berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 12-yanvardan 16-yanvargacha yog‘ingarchilik bo‘lishi kuzatildi, havo namligi 90-100 foiz bo‘ldi. Bunday holat esa tuman paydo bo‘lishi uchun qulaydir. Yomg‘irdan so‘ng namlangan tuproq va salbiy havo harorati tuman tushishi uchun qulay sharoitlarni saqlab turadi. Tuman hodisalari atrof-muhit ifloslanishi ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘lishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Toshkentda 16-yanvardan 18-yanvargacha kechasi va ertalabki soatlarda tuman tushishi kuzatildi.

18-yanvar soat 09:00 dagi atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 dispersli zarrachalari va Uglerod oksidi CO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari) miqdori ruxsat etilgan  me’yordan oshmadi. PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori esa 44,6 mkg/m3 ni tashkil etib, JSST tavsiyalaridan (5 mkg/m3) 8,9 marta oshdi.

“O‘zgidromet” Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini kamaytirish va respublikada ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar kiritilganini eslatib o‘tdi.

18-yanvar kuni Toshkentda ertalab va kechasi tuman tushishi kutilayotgani haqida “O‘zgidromet” kunlik prognozida ham ma’lum qilingandi. Qalin tuman shu kuni Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi va bir necha samolyotlar muqobil aerodromlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »