Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatida yana to‘rtta mahalla “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” tamoyili asosida ta’mirlanib, aholiga qulayliklar yaratiladi. Viloyat hokimi Murodjon Azimov Qarshi tumanida bo‘lib, obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan “Quyi Beshkent” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati rahbari To‘lqin Turdiyev xabar berdi. 

Foto: Qarshi tumani hokimligi
Foto: Qarshi tumani hokimligi

Bildirilishicha, Murodjon Azimov prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, viloyatdagi yana to‘rttta mahalla — Quyi Beshkent (Qarshi tumani), Obod Neko‘z (Kasbi tumani), Chiroqchi (Koson tumani) va Jonbuloq (G‘uzor tumani) mahallalarida “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” tamoyili asosida ishlar boshlanganini ma’lum qilgan. 

Viloyat hokimi Qarshi tumanidagi “Quyi Beshkent” mahallasiga kelib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Mahalla tumanning eng obod manzillaridan biriga aylanishini, mahalla ahliga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi “Quyi Beshkent” shifo maskani to‘liq kapital ta’mirlanishini gapirib berdi. Mahallada aholiga yetkazilayotgan elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida bajarilayotgan ishlar rejasi bilan tanishdi, — deydi hokimlik mas’uli. 
Foto: Qarshi tumani hokimligi
Foto: Qarshi tumani hokimligi

Ta’kidlanishicha, mahalla hududida MFY binosining yo‘qligi sababli ayni paytda yangi bino barpo etilmoqda. 

Uning yonidan Otalar choyxonasi qurish, Beshkent—Charog‘il avtoyo‘liga olib chiquvchi yo‘l chetidan piyodalar yo‘lagini qurish ishlari bajarilmoqda. Bundan tashqari, tibbiy ko‘rik, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot ishlari hamda mahalladagi barcha xonadonlarda va ko‘chalarni tartibga keltirib, obodonlashtirilmoqda, — deydi To‘lqin Turdiyev. 
Foto: Qarshi tumani hokimligi
Foto: Qarshi tumani hokimligi

Qo‘shimcha qilinishicha, tuman hokimi Zoir Aliqulov viloyat hokimi va mahalla ahliga hududda qilinishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib, taqdimot o‘tkazgan. 

Shuningdek, tumandagi barcha mahalla raislari ishtirokida ular ham o‘z mahallalarini ushbu “Quyi Beshkent” mahallasi kabi holatga keltirishlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha seminar tashkil etildi, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »