Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Picodi tahlilchilari 67 ta davlatda eng kam ish haqi qanday o‘zgargani, oziq-ovqat narxlari qanday oshganini o‘rganib chiqdi.

Foto: Business Insider

Tahlilchilar 2024-yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda “sof” eng kam ish haqi miqdori 922 950 so‘mgacha (75 dollar), ya’ni 14,1 foizga oshganini ma’lum qildi. Respublika mazkur ko‘rsatkich bilan reytingda 67 ta davlat ichida 16-o‘rinni qayd etgan.

“Tadqiqotda biz sof stavkani, ya’ni xodimlar qo‘liga oladigan pulni ko‘rib chiqamiz. Biz ushbu taqqoslashni adolatli deb hisoblaymiz, chunki yalpi va “sof” ish haqi o‘rtasidagi farq mamlakatga qarab 0 foiz yoki 30 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Picodi nashrida.

Aksariyat mamlakatlarda (67 tadan 58 tasi) 2023-yil yanvaridan boshlab eng kam ish haqi o‘zgargan. Fransiya (3,4 foiz, 1505 dollar), Germaniya (2,8 foiz, 1729 dollar) va Tailandda (2,4 foiz, 203 dollar) ish haqi biroz oshgan. Ozarbayjon, Armaniston, Vyetnam va Ispaniya kabi mamlakatlarda esa hukumat eng kam ish haqini muzlatib qo‘ygan yoki uni oshirish bo‘yicha hali qaror qabul qilmagan.


Eng kam ish haqiga nisbatan oziq-ovqatga sarflanadigan asosiy xarajatlar

Tadqiqot uchun shartli oziq-ovqat savati tuzilgan, unga non, sut, tuxum, guruch, pishloq, go‘sht, sabzavotlar va mevalar kiritilgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu mahsulotlar kattalar uchun minimal oziq moddalar talablarini qondiradi.

Shu tariqa 67 ta mamlakatdagi mahsulotlarning narxi solishtirilib, rasmiy minimal daromadning necha foizi ularga sarflanishi aniqlandi. O‘zbekistonda oddiy oziq-ovqat savati narxi 2024-yil boshida 887 ming so‘mni tashkil qilmoqda va mamlakat 66-o‘rinda (oxirgi o‘rindan bitta oldin).

Buyuk Britaniya, Irlandiya, Niderlandiya, Avstraliya, Lyuksemburg va Yangi Zelandiyada asosiy mahsulotlar narxining eng kam ish haqiga eng qulay nisbati kuzatilgan. Ushbu mamlakatlarda mahalliy “eng kam ish haqining” o‘ndan bir qismidan kamrog‘i sarflanadi.

Rossiyada esa oddiy mahsulotlar to‘plami eng kam ish haqining 39 foiziga teng (67 mamlakat ichida 53-o‘rin). Bu borada Ozarbayjon 57-o‘rinni (44,9 foiz) egallab turibdi.

Shunday mamlakatlar ham borki, hattoki bunday kamtarona mahsulotlar to‘plami ham eng kam ish haqining yarmidan ko‘p turadi. Ular orasida Qozog‘iston (54 foiz), Vetnam (65,6 foiz), Armaniston (78,7 foiz) va O‘zbekiston (66-o‘rin 96,1 foiz) bor. Nigeriyada (116,5 foiz) esa eng kam ish haqi hatto asosiy oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun ham yetarli emas.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »