Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

“Tolibon” harakati import qilingan 1680 ta qutidagi yog‘ni sifatsizligi sabab O‘zbekistonga qaytarib yuborganini ma’lum qildi. Bu haqda Afg‘oniston Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi xabar berdi.

Foto: Videodan kadr


Ta’kidlanishicha, tegishli chora Balx viloyati Milliy oziq-ovqat va ziravorlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan. Ular Hayraton portidan talab qilinadigan standartlarga javob bermagan 1680 ta qutidagi 5 litrli yog‘larni O‘zbekistonga qaytarib yuborgan. 



16-yanvar kuni ham Hayraton portidan 62 tonnadan ortiq sifatsiz neft O‘zbekistonga qaytarilgani ma’lum qilingandi. Afg‘oniston Milliy standartlar boshqarmasi so‘nggi kunlarda ushbu portga ma’lum miqdorda neft kelganini, biroq tekshiruvdan so‘ng u sifatsizligi aniqlanib, qaytarilganini ta’kidlagan.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, avvalroq ham 100 tonnadan ortiq sifatsiz neft O‘zbekistonga qaytarilgan edi. Darhaqiqat, bu past sifatli neftning O‘zbekistonga qaytarib yuborilishiga oid birinchi holat emas. Jumladan, 2023-yil avgust oyida Afg‘oniston hukumati neft sifati pastligi sababli 67 ta sisterna neftni O‘zbekistonga qaytarib yuborgandi. 

Bunga javoban “O‘zbekneftgaz” raisi Bahodir Siddiqov mazkur xabar noto‘g‘ri talqin qilinganini, “Tolibon” sifatsiz deb qaytargan mahsulot aslida yuqori sifatli ekanini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »