Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda ilk bor Isroil urushiga munosabat bildirdi va falastinliklar qirg‘in qilinayotganini aytdi. Bu haqda Aamaj News xabar berdi.

Foto: Aamaj News


Isroilning HAMAS bilan urushiga 100 kundan ortiq vaqt o‘tdi, Haybatulloh Oxundzoda G‘arbning inson huquqlarini ta’minlash da’vosiga qaramay, Falastinda musulmonlar “genotsid” qilinayotganini ta’kidladi.

U milliy radio va televideniye direktori o‘rinbosari Hidoyatulloh Hidoyat tomonidan efirga uzatilgan audioda, G‘arb Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda inson huquqlarini hurmat qilmayotganini aytdi.

“Bugun siz dunyoda inson huquqlari haqida nodon va zolimlarning ovozini eshityapsiz, lekin Falastinda musulmonlarga nisbatan qattiq zulm davom etmoqda va ular genotsid qilinyapti”, — dedi Oxundzoda.

Fuqarolar, xususan, afg‘on ayollari va xalqaro institutlarning “Tolibon”tomonidan ayollar huquqlari poymol etilayotganidan xavotirlanishiga qaramay, “Tolibon” yetakchisi yana bir bor afg‘on ayollari huquqlarini tiklaganini da’vo qildi.

Oxundzodaga tegishli bo‘lgan audioda “Tolibon” davrida “Afg‘onistonda ayollar huquqlari hurmat qilinishi, avvalgi rejimlarda bunga e’tibor berilmagani” aytilgan.

“Tolibon” harakati hokimiyatga kelganidan so‘ng, Afg‘oniston xalqi, xususan, afg‘on ayollari va qizlarining universitet va maktablarga borishi, ayollarning yordam tashkilotlarida ishlashi va bog‘larga borishiga bir qator cheklovlar qo‘ygan. So‘nggi kunlarda “Tolibon” Kobulning turli hududlarida hijobga rioya qilmagani uchun o‘nlab ayollar va qizlarni hibsga olgan.

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy qilingan taqiqlar quyidagilar:

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »