Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyaning ehtimoliy hujumiga tayyor. Bu haqda 18-yanvar, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida NATO Harbiy qo‘mitasi raisi Rob Bauer va Yevropadagi ittifoqchi kuchlar oliy qo‘mondoni Kristofer Kavoli ma’lum qildi.

Foto: Cyprus Daily
“Biz mudofaa ittifoqimiz, shuning uchun tayyor bo‘lishimiz kerak. Ya’ni, ma’lum sohalarda malakaga ega bo‘lgan ko‘proq xodimlar bilan yaxshilanmoqdamiz, tayyorgarlik darajamizni oshirmoqdamiz”, — dedi Bauer.

NATO qo‘mondonligi vakillari alyans strategiyasi va rejalarida ikki tahdid – Rossiya va terrorchi guruhlar tasvirlanganini eslatdi.

“Biz ishlab chiqqan va Vilnyusda ma’qullangan rejalarimiz Rossiyadan kelayotgan tahdidga qarshi turishga qaratilgan”, — dedi NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari.

O‘z navbatida, Kavoli ham “Ha, biz tayyormiz” dedi. Shu bilan birga, u fevral oyida so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik to‘rt oylik mashg‘ulotlar boshlanishini e’lon qildi, unda 90 mingga yaqin odam qatnashadi. Manyovrlar Norvegiyadan Ruminiyagacha bo‘lgan Yevropa hududini qamrab oladi. 

Bauer so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarning bunday ko‘lami alyans yangi tayyorgarlik ko‘rganini bildiradi.

17 —18-yanvar kunlari Bryusselda NATOning yuqori martabali harbiy rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »