Afg‘onistonda samolyot halokatidan omon qolganlarning video va suratlari namoyish qilindi
Afg‘onistonda rossiyaliklarning Falcon 10 samolyoti halokatidan omon qolganlarning video va suratlari namoyish etildi.
Hurriyat nashri aniqlik kiritishicha, samolyot Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari qutqaruv jamoasi tomonidan mamlakatning “chekka va tog‘li hududida” aniqlangan. Halokatdan omon qolganlar avvaliga tuman markaziga olib kelingan, u yerdan Kobuldagi shifoxonaga olib ketilgan.
Shot Telegram kanali xabar berishicha, uchuvchilar Dmitriy Belyakov va Arkadiy Grachev, shuningdek tibbiyot xodimi Pavel Popov jiddiy jarohat olmagan. Kanalning qayd etishicha, tibbiyot xodimlaridan yana biri Igor Sivorotkinning holati qoniqarli baholanmoqda.
Radiostansiyaning aniqlik kiritishicha, qutqaruv amaliyoti yakunlangan. Nashr xabarida samolyot yo‘lovchilari —volgodonsklik Anatoliy va Anna Yevsyukovlar haqida ma’lumot yo‘q. “RIA Novosti” favqulodda xizmatlarga tayanib yozishicha, ular halok bo‘lgan. Ularning jasadi 23-yanvar kuni Kobulga uchadigan maxsus bort orqali olib qaytiladi.
Kecha, 21-yanvar kuni Hindistonning Gaya shahridan Toshkentga uchgan Falcon-10 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 6 kishi — to‘rt ekipaj a’zosi va ikki yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari omon qolgan.
“TASS” agentligi favqulodda xizmatlarga tayanib yozishicha, samolyot halokatiga ikkita dvigatel ishlamay qolgani sabab bo‘lgan. RF Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan jinoiy ish ochgan.