Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyodagi eng yirik obuna video striming xizmati Netflix 2023-yilning to‘rtinchi choragida sof foydasini 17 barobarga, pullik obunachilar sonini esa 13 millionga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Oktyabr-dekabr oylaridagi sof daromad 937,8 million dollarni tashkil etdi, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 55,3 million dollarni tashkil qilgan. Har bir aksiya uchun daromad bir yil avval 0,12 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2023-yilda 2,11 dollargacha oshdi.

Foto: Google Images

Netflix’ning choraklik daromadi 12,5 foizga oshib, 7,85 milliard dollardan 8,83 milliard dollargacha oshgan. Pulli obunachilar soni 13,1 millionga ko‘paydi, bu to‘rtinchi chorakdagi rekord darajadagi o‘sish bo‘lib, jami obunachilar soni 260 milliondan oshdi.

Kompaniya prognoziga ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragida uning daromadi 9,24 milliard dollarni tashkil etadi, ya‘ni o‘tgan yilga nisbatan 13,2 foizga o‘sadi.

Netflix birinchi chorak uchun sof daromad 1,976 milliard dollar bo‘lishini yoki har bir aksiya uchun 4,49 dollar daromadga erishishni prognoz qilmoqda.

Seshanba kungi qo‘shimcha savdolarda kompaniya aksiyalari 8,7 foizga o‘sdi. Oxirgi 12 oy ichida ularning qiymati 34 foizga oshdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »