Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilda O‘zbekistonga Rossiyadan pul o‘tkazmalari keskin kamaygan. Bu haqda 25-yanvardagi matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov maʼlum qildi.

Mamarizo Nurmurodov
Foto: “Daryo”

Yaqinda Markaziy bank eʼlon qilgan Mehnat bozori sharhida O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada ishlash uchun berilgan patentlar va ruxsatnomalar soni 12 foizga kamaygani yozilgan. Matbuot anjumanida “Daryo” muxbiri bu O‘zbekistonga Rossiyadan pul tushumlariga qanchalik taʼsir qilgani haqida savol berdi. Mamarizo Nurmurodovning javobiga ko‘ra, migrantlar sonining kamayishi Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi pasayishiga olib kelgan.

“Haqiqatan biz pasayishni sezdik. Lekin ikkinchi tomondan qarash kerakki, Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamaygani bilan buning geografiyasi kengaygan bo‘lishi mumkin. Rossiyadan sezilarli kamayish kutmayapmiz. Bu yilda ham pul o‘tkazmalarining 5-6 foiz o‘sishi kutilyapti. Ikkinchi tomondan Rossiyadagi pul o‘tkazmalariga qanchalik taʼsir qildi desangiz, umumiy pul o‘tkazmalari 33 foizga kamaygan bo‘lsa, Rossiyadan pul o‘tkazmalari 39 foizga kamaydi. Albatta, maʼlum bir jihatdan uning taʼsiri (migrantlar soni kamayishi – tahr.) bo‘ldi. Ammo Rossiyadan boshqa davlatlardan bizga keladigan pul o‘tkazmalari 15 foizga oshdi. Tashqi mehnat migratsiyasining davlatlararo o‘zgarishi bizda pul o‘tkazmalari kanallarining o‘zgarishiga olib keladi. Lekin summada maʼlum bir kamayish kutmayapmiz”, dedi Markaziy bank raisi.

Mamarizo Nurmurodov 2023-yilning iyul oyidagi matbuot anjumanida Rossiya rublining qadrsizlanayotgani O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi kamayishiga olib kelayotganini aytgandi.

“Rossiya rubli joriy yil boshidan beri 26 foizga qadrsizlandi. Eng avvalo, bu mamlakatdan O‘zbekistonga bo‘layotgan pul o‘tkazmalari hajmiga salbiy taʼsir qiladi. Yaʼni Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari umumiy xorijiy tushumlarning 80 foiziga yaqinni tashkil etadi. Masalan, 2022-yilning 6 oyida 6,5 milliard dollar pul o‘tkazilgan, joriy yil yarmi ichida 5,1 milliard dollar atrofida pul o‘tkazmalari amalga oshirildi. Rubl qadrsizlanishi tushumlarimiz pasayishiga taʼsir ko‘rsatadi”, —degan Markaziy bank raisi.

Markaziy bank raisi joriy yilning 25-yanvardagi matbuot anjumanida 2023-yilda so‘mning almashuv kursi qadrsizlanishi 9,8 foizni tashkil etganini maʼlum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »