Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichi uchun saylov uchastkalari ochildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Sinhua

Finlyandiyada prezidentlik saylovlari mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da boshlandi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzodlardan biri 50 foizdan ko‘proq ovoz olishi kerak. Davlat rahbari lavozimiga 9 nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda.

So‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, nomzodlarning hech biri birinchi turda kerakli foizga chiqa olmaydi va katta ehtimol bilan ikkinchi turda mamlakat prezidenti aniqlanadi.

Asosiy da’vogarlar — hukmron Milliy koalitsiyadan sobiq bosh vazir Aleksandr Stubb va “Yashil ittifoq”dan sobiq tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto. 

Tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning 27 foizi Stubbni yoqlaydi, finlarning 23 foizi esa sobiq vazir Haavisto uchun ovoz berishga tayyor. Eng ommabop nomzodlar orasida uchinchi o‘rinda Yevropa Ittifoqini tanqid qiluvchi o‘ta o‘ngchi “Haqiqiy finlar” partiyasi yetakchisi Yussi Halla-axo bor.

Finlyandiyada prezident 6 yilga, ketma-ket ikki muddatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga saylanadi. Amaldagi prezident Sauli Niinistyo uchinchi muddatga saylana olmaydi. Hokimiyatga yangi, 13-davlat rahbari keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »