Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladigan bo‘ldi. 28-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, birorta ham nomzod 50 foizdan ortiq ovoz to‘play olmadi. Ovozlarni sanab chiqish yakuniga ko‘ra, sobiq bosh vazir Aleksandr Stubb va sobiq tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto ikkinchi turga o‘tdi, deb xabar bermoqda Yle.

Foto: Yle

Stubb ovoz to‘plashda yetakchi bo‘ldi — 27,2 foiz. Haavisto esa 25,8 foiz ovoz oldi. Finlyandiya parlamenti spikeri Yussi Halla-axo 19 foiz, Finlandiya banki bosh direktori Olli Ren 15,3 foiz, qolgan nomzodlar esa 5 foizdan kam ovoz oldi.

“Aftidan, biz finalga chiqdik. Lekin bilasizmi? Poyga endi boshlanmoqda”, — dedi Stubb ovozlarni sanash chog‘ida. U o‘z tarafdorlaridan 13 kun davomida “aqldan ozganlardek ishlashni” so‘radi.

Haavisto o‘z natijalarini “juda yaxshi” deb atadi.

“Bu odamlarga Finlyandiya xalqining muammolarini tushunadigan prezident kerak”, — dedi u.

Ovoz berishda saylovchilarning 74,9 foizi ishtirok etdi. Avvalgi — 2018-yilgi saylovlarda bu 69,9 foizni tashkil etgandi. O‘shanda Sauli Niinistyo birinchi turda 62,2 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »