Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov amaldagi prezident Sadir Japarov ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishini ma’lum qildi. U bu ma'lumotni u Azattyk radiosidagi Expert Talday dasturida aytdi.

Foto: “AKIpress”
“Prezidentimiz navbatdagi saylovlarda ishtirok etadi. Konstitutsiya bunga yo‘l qo‘yadi. U boshlagan ishini yarim yo‘lda qoldirmaydi. Xalq esa bunga yo‘l qo‘ymaydi. Kelgusi uch yilda xalq ko‘p yutuqlarga guvoh bo‘ladi”, — deydi Baysalov.

Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov ham, uning administratsiyasi ham navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish bo‘yicha hozircha rasmiy bayonot bergani yo‘q. 2023-yil dekabr oyi o‘rtalarida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Sadir Japarov ikkinchi muddatga saylanishiga ishora qilgan edi.

Amaldagi Konstitutsiya (2021-yil aprel oyida qabul qilingan) bir shaxsga ikki marta olti yilgacha prezidentlik lavozimini egallash imkonini beradi. Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027-yil yanvarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »