Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida xotinini tiriklayin tandirga solib, yoqib yuborgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabarga ko‘ra, S.K. S.B. bilan 1990-yilda turmush qurib, u bilan Muzrabot tumani “Oriyat” mahallasida yashab kelgan. Turmushi davomida uch nafar farzandli bo‘lganiga qaramasdan, rafiqasi S.B.ni unga xiyonat qilganlikda ayblab, er-xotinlik munosabatlariga kirishmay qo‘ygani uchun qasddan o‘ldirishni rejalashtirgan.

Rejaga asosan turmush o‘rtog‘i S.B.ning uyda yolg‘iz qolishini kutib, 2023-yil 29-avgust kuni Muzrabot tumani “Oriyat” mahallasidagi uyida u bilan birga yashovchi o‘g‘li S.I. Rossiyaga ishga ketgani, kelini D.M. ota-onasining uyiga ketgani va qizi S.I. shu kuni ertalab soat 05:00 larda Termiz shahriga ketganini bilgan. Uyda turmush o‘rtog‘i oshxonasida tandirga o‘t yoqayotgan vaqtida uning yoniga kelib, S.B.dan jinsiy yaqinlik qilishi haqida yana bir marta so‘rab, undan rad javobini olgan. Shundan so‘ng, uning ko‘krak qafasiga qo‘lining mushti bilan urib, yonib turgan tandirga tiriklayin tashlab yuborgan. 

Tandirning ichiga o‘tin va yonishi mumkin bo‘lgan boshqa ashyolarni tashlab, tashqariga chiqib, mazkur jinoiy rejasini oxirigacha amalga oshirish maqsadida oshxonaning eshigini yopib qo‘yib, fuqaro S.B.ni qasddan o‘ldirgan. 

Sud tibbiy ekspertizasining 2023-yil 29-avgustdagi 31-sonli murda ekspertiza xulosasiga ko‘ra, S.B.ning murdasi tanasida ya’ni bosh, yuz, bo‘yin, ko‘krak qafasi barcha yuzasi, qorin, bel, ikkala dumba, jinsiy a’zolari, oraliq soha, ikkala qo‘l va oyoqlar sohasida 3- va 4-darajali tana yuzasining 100 foiz termik kuygan yaralari kabi tan jarohatlari aniqlangan bo‘lib, ular yuqori harorat, ya’ni alanga ta’sirida yetkazilgani ushbu tan jarohatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohatlari bo‘lib, uning o‘limi sababi bilan bevosita bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddassi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topgan va unga nisbatan 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Shuningdek, jazoning dastlabki 3 yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »